Главная » 2015 » Март » 6 » O‘zbekiston Ispaniyaning yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarini sotib olmoqchi.
19:45
O‘zbekiston Ispaniyaning yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarini sotib olmoqchi.

2015-yil fevral oyining oxirgi haftasida "O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYKda Ispaniyaning Patentes Talgo, S.L. kompaniyasi delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda DATYK matbuot xizmati.

Patentes Talgo, S.L. kompaniyasi bilan hamkorlik bir necha yillardan buyon davom etib kelmoqda. Tomonlar "Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarini xarid qilish loyihasini amalga oshirish doirasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

Muloqot davomida kompaniya boshqaruvi raisi A.Ramatov hamda Patentes Talgo, S.L. kompaniyasi prezidenti Karlos Palasio Oriol tomonidan kompaniyalararo o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Manba:Daryo
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Uzbekiston yangiliklari | Просмотров: 412 | Добавил: ♦αđмιη♦ | Теги: O‘zbekiston Ispaniyaning yuqori tez | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Мини-чат
Наш опрос
Оцените наш сайт
Всего ответов: 1260
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0