Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно


🌍 Bugun jahonda nimalar bo‘ldi? – TOP-3 🇫🇷Fransiya Falastin davlatini tan oladi

🌍 Bugun jahonda nimalar bo‘ldi? – TOP-3


🇫🇷Fransiya Falastin davlatini tan oladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sentyabr oyida Falastin davlatini rasman tan olishini ma’lum qildi. Bu qaror BMT Bosh assambleyasida e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Fransiya, G7 mamlakatlari orasida, Falastinni tan olgan birinchi davlat bo‘ladi.

Makronning fikriga ko‘ra, G‘azodagi urushni to‘xtatish, tinch aholining xavfsizligini ta’minlash va Falastin davlatini mustahkamlash zarur. Falastin davlatini tan olish orqali Fransiya Yaqin Sharqdagi barqarorlikka hissa qo‘shishni maqsad qilgan.


🪖AQSh Ukrainaga 322 mln dollarlik qurol sotmoqchi

Ukraina Qo‘shma Shtatlardan 322 million dollarlik qurol-yarog‘ sotib oladi. AQSh davlat departamenti tomonidan tasdiqlagan paketda havo hujumidan mudofaa va quruqlik texnikalari mavjud. Paketda zirhli texnikalar, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va zenit-raketa tizimlari uchun jami 322 million dollar ajratilgan.


🧕🏻Afg‘oniston ayollarga yana bir cheklov qo‘ydi

Afg‘onistonning Qandahor viloyatida “Tolibon” mahalliy hokimiyati ayollarga ish joylarida “mahram kartasi” olib yurishni majburiy qildi. Bu kartada ayolning shaxsiy ma'lumotlari va uning erkak “qo‘riqchisi” (ota, aka, er yoki o‘g‘il) haqida ma’lumotlar bo‘ladi. Kartasiz ayollar ishlay olmaydi, ba’zi hollarda esa erkak mahramlar ofisda butun kun bo‘lishi kerak.

Hujjat olish jarayoni juda murakkab va uch kungacha vaqt oladi. Bunday kartani olish uchun ko‘plab rasmiylar bilan kelishuv zarur.



рейтинг: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий