Авторизация У нас бесплатно модули и шаблоны DLE скачать Веб-шаблоны премиум класса бесплатно


🕊️ Taniqli bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi

🕊️ Sultonali Rahmatov vafot etdi

Taniqli bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sultonali Rahmatov og‘ir kasallikdan so‘ng olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.


🩺 Sultonali Rahmatov qandli diabet, jigar serrozi va buyrakda suv yigʻilishi kasalliklari bilan ogʻrigan. Shu bilan birga, infarktga uchragan. 


🎼 Ijodiy yo‘li:

➖1970-yil Toshkentda tug‘ilgan;

➖2006-yildan — Nyu-York Qirollik akademiyasi kompozitori;

➖2010-yilda unga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni berilgan;

➖O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi;

➖O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qoshidagi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli badiiy rahbari sifatida faoliyat yuritgan.


“Bugun kasalxonadan oilasi bilan uchrashish uchun ruxsat berishgandi. Marhum Toshkent shahridagi Koʻkcha mozoriga dafn etilishi rejalashtirilgan. Janoza 29-iyul kuni peshin namozidan keyin oʻqiladi”,

 – deya xabar berdi “Daryo” manbasi.



рейтинг: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий